Kompyuter (ing. computer hisoblayman) EHM – Elektron hisoblash mashinasi. EHM – 4 avloddan iborat. Kompyuterlar tarixi.

Презентация:



Advertisements
Похожие презентации
Транксрипт:

Kompyuter (ing. computer hisoblayman) EHM – Elektron hisoblash mashinasi. EHM – 4 avloddan iborat. Kompyuterlar tarixi

1- Avlod kompyuterlari EHMlarning birinchi avlodi.(50-yillar boshlarigacha) qatoriga MESM, BESM-1, BESM-2, Strela, M-3, Minsk-1, Ural-1, Ural-2 va boshqalar kiradi. Bu mashinalarning hammasi elektron lampalar asosida qurilgan. Ularning o'lchamlari katta, elektr quvatini ko'p iste'mol qiladi, amallarni bajarilishi tezligi past, katta miqdorda axborotlarni saqlay olmaydi va ishonchsizligi bilan ajralib turadi. Bu toifa mashinalar sekundiga o'rtacha amal bajaradi. Xotirasiga faqat 2047 tagacha son sig'adi.

2-Avlod kompyuterlari EHMlarning ikkinchi avlodi.(1960 yillarning boshlari) tranzistorlar (yarimo'tkazgich va magnit elementlar)dan tuzilgan. Bu avlodga mansub mshinalarning o'ziga hos xususiyatlaridan biri, ular qo'llanish sohasi bo'vicha ixtisoslashtinlgandir. Ikkinchi avlod EHMlarida oldingilariga qaraganda tezroq va ishonchliligi ko'proq ma'lumotlarni qayta ishlash imkoniyati yaratildi. EHMning ikkinchi avlodiga quyidagi mashinalar kiradi: Minsk-2, Minsk-22, Razdan-3, M-220, BESm-6,'MIR, Nairi, Minsk-32, Ural-14 va boshqalar. Bu mashinalarda qo'yilgan masalani tez yechish imkoniyatini yaratadigan dasturdan, masalani yechishda EHM bajarishi lozim bo'lgan amallar ketma-ketligidan foydalanish mumkin.

3-Avlod kompyuterlari EHMlarning uchinchi avlodi.(60-villarning oxiri) kopchilik tranzistorlar va turli xil ehtiyot qismlar o'rniga integral sxemalardan keng ko'lamda foydalanish bilan harakterlanadi. Integral sxemalarni ishlatish tufayli mashinalarning texnik va ishlatish xarakteristikalarini ancha yaxshilashga, jumladan, ixchamlashishi va ishlash tezligining oshishini ta'minlashga erishildi. Bunday mashinalarning samarali va ishonchli ishlashiga ta'minlandi. Xotira sig'imi 2048 Kbaytgacha bordi. Bu avlod mashinalarini birgalikda ishlab chiqargan yagona sistema turidagi mashinalar tashkil qiladi. Shuning uchun ham bu turdagi mashinalarning nomi ES dan boshlanadi. Bu mashinalar turiga qarab, sekundiga 2 milliongacha turli arifmetik amal bajarishi mumkin bo'ldi.

4-Avlod kompyuterlari EHMlarning to'rtinchi avlodi yillardan etiboran paydo bo'la boshladi. Ularda element bazasi sifatida katta integral sxemalar. Ya'ni Ism kub hajmda 100 minggacha elementni birlashtirgan mikrosxema qo'llanildi. Bunday EHMlardan jamoa ravishda foydalanish EHMlar tarmog'ini va shaxsiy kompyuterlar yaratish imkonini tug'dirdi. Hozirhi kunda ko'pgina o'rta maktablarga o'rnatilgan IBM, Yamaxa, Pravets-8A, AGAT, Osiyo, Toshkent, Yoshlik kompyuterlari shu turdagi lardir.Toshkent

Informatika 60-yillarda Fransiyada elektron xisoblash mashinalari yordamida axborotni kayta ishlash bilan shugulanuvchi soxani ifodalovchi atama sifatida yuzaga keldi. Informatika atamasi lotincha informatio suzidan kelib chikkan bulib, tushuntirish, xabar berish, bayon etish ma'nolarini anglatadi. Ingliz tilida suzlashuvchi mamlakatlarda bu atamaga Computer science (kompyuter texnikasi hakidagi fan) sinonimi mos keladi.

Kompyuterni – Asosiy qurulmalari. Kompyuterning asosiy qurilmalariga sistema bloki, monitor va klaviatura kiradi. Qoshimcha qurilmalarga sichqoncha manipulyatori, printer, plotter, skaner, modem, web-kamera va boshqalar misol boladi. Sistema bloki, asosan, gilof, asosiy plata (ona plata yoki sistema platasi), protsessor, xotira qurilmalari va mikrosxemalar, quvvat blokidan iborat.

Protsessorni mikroprotsessor yoki CPU (yani, Central Processing Unit - markaziy protsessor) deb ham atashadi. Protsessor arifmetik va mantiqiy amallar bajaradi, xotira bilan boglanadi va barcha qurilmalar ishini boshqaradi. Zamonaviy kompyuterlarda protsessor vazifasini kvadratdan ham kichik yuzali yagona yarim otkazgichli kristalda (kremniy yoki germaniy) joylashgan millionlab mitti tranzistorlardan tashkil topgan mikroprotsessor, yani ota zich integral sxema, bajarmoqda. Misol sifatida koradigan bolsak, Intel Pentium Pro mikroprotsessori oz ichida 5,5 milliondan ortiq tranzistorlarni saqlaydi.

Protsessor, asosan, quyidagi qismlardan iborat: arifmetik-mantiqiy qurilma; malumotlar va adreslar shinasi; registrlar; buyruq jamlagichi; kesh, yani kichik hajmli ota tezkor xotira; qozgaluvchan vergulli sonlar matematik soprotsessori.

Tezkor xotira qurilmasi registrlardan tashkil topgan. Registr – malumotlarni ikkilik shaklida vaqtinchalik saqlab turish uchun moljallangan qurilma. Har bir registr oz navbatida triggerlardan tashkil topadi. Trigger mitti elektron sxema bolib, u elektr toki bilan zaryadlangan holda «1» ni, zaryadlanmagan holatda «0» ni ifodalaydi. Registrdagi triggerlarning miqdori kompyuterning necha razryadli ekanini belgilaydi.

Tovush platasi (ing. Sound adapter, adapter - moslashtiruvchi) – axborot saqlagichlarga yozilgan raqamli audioaxborotni tovushlarga aylantirib beruvchi qurilma. Video-plata (ing. Graphics adapter) – murakkab tasvirlar va millionlab ranglarni qayta ishlashni taminlab beruvchi plata. Bu plata oz mikroprotsessori va tezkor xotirasiga ega boladi. Zamonaviy video-karta hajmli va uch olchovli grafika bilan ishlash imkoniyatiga ega. Hozirgi kundagi juda kop dasturlar va oyinlar 64 Mb yoki 128 Mb sigimli video-kartalar bilangina ishlaydi.