QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI TIBBIY BILIM ASOSLARI KAFEDRASI BOGLAM QOYISH AMALIY MASHGULOTNI BAJARISH TEXNOLOGIYASI TAYYORLOVCHILAR: M. Xojanov, Z. Aminova,

Презентация:



Advertisements
Похожие презентации
Транксрипт:

QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI TIBBIY BILIM ASOSLARI KAFEDRASI BOGLAM QOYISH AMALIY MASHGULOTNI BAJARISH TEXNOLOGIYASI TAYYORLOVCHILAR: M. Xojanov, Z. Aminova, E.Safarov MAVZUSIDA

MAVZU AMALIY MASHGULOTNING BAJARISH TEXNOLOGIYASI BOGLAM QOYISH

Mashg`ulotning maqsadi: 1. Boglam qoyish, turlari, ahamiyati. Tananing turli sohalariga bog`lam qo`yish haqida tushuncha berish. 2. Mashg`ulotni bajarish tartibi bilan tanishtirish. 3.Mavzuga taalluqli jadvallar, rasmlar, mulyajlar, asboblar, yordamchi materiallarni ko`rsatib tushuntirish. Mashg`ulotning maqsadi:

Boglam qoyish, turlari, ahamiyati. Tananing turli sohalariga bog`lam qo`yish. Boglam qo`yish deganda bemor tanasining shikastlangan joyiga tibbiy yordam ko`rsatish maqsadida bint (doka, ro`mol), kosinka, taxtakach bilan boglash tushuniladi. Boglam qoyishda qollaniladigan materiallar turiga kora ikki guruhga bolinadi: 1. Yumshoq boglamlar. 2. Qattiq boglamlar. Ishni bajarish tartibi:

Yumshoq boglamlar Yumshoq boglamlarga - bintli, kosinkali, yelimli, leykoplastirli boglamlar kiradi. Leykoplastirli yoki yelimli boglam - uncha katta bolmagan jarohatlarga qoyiladi (yopishtiriladi). Kosinkali boglam uchun uchburchak shakldagi boglov materiali (surp, doka, ro`mol) ishlatiladi. Bu boglamni boshga, yelkaga, sut bezi sohasiga, qolga va oyoqqa qoyiladi.

Kosinkalar ko`pincha yelka va bilak suyaklari singanda, yelka va tirsak bo`g`imlari shikastlanganda, o`mrov suyagi singanda qo`lni osib qo`yish uchun ishlatiladi. Tibbiyot amaliyotida bintli bog`lamlar eng ko`p ishlatiladi. Bog`lam bintlangan qismni qismasligi lozim. Bintli boglamni gavdani hamma joyiga qoyish mumkin.

Bintni orash qoidasi: - bemor o`tirgan holatda bolishi kerak; - bint oraladigan joy qimirlamay turishi kerak; - bintni pastdan yuqoriga qarab oraladi;. - bint bir yonalishda (chapdan ongga qarab) oraladi; - har bir yangi oram avvalgi oramni uchdan ikki qismini qoplashi lozim.

Bintli boglamning turlari. Eng oddiy bog`lam aylanma (sirkulyar) bog`lamdir. Aylanma (sirkulyar) bog`lam qo`l panjasini, boldirning pastki qismini, peshonani bintlashda qo`llaniladi

Spiral bog`lam qayrilgan va qayrilmagan bo`lishi mumkin. Gavdaning yo`g`on qismlari (yelka, son) ni bintlash uchun bintni qayirmasdan o`rash kerak. Gavdaning konussimon qismlari (boldir, bilak) ni bog`lashda bintni mahkamlab olgach, spiral shaklda avvalgi o`ramni 2/3 qismini qoplab o`raladi.

Krestsimon yoki sakkizsimon bog`lam. Bunda bint sakkiz raqamiga o`xshatib o`raladi.Bu bog`lam bosh, bo`yin,boldir-tovon,bilak-qo`l panjasi bo`g`imi sohalariga, yelkaga, oraliqqa qo`yish uchun juda qulay hisoblanadi.

Boshga qo`yiladigan bog`lamlar. Yuz va bosh sohasiga qo`yiladigan boglamlarga ko`zga qo`yiladigan bog`lam, burun va iyakka qo`yiladigan sopqonsimon, yugancha shaklidagi bog`lamlar kiradi.

Qattiq boglamlar. Qattiq boglamlarga shinali (taxtakachli),gipsli,kraxmalli boglamlar kiradi Bu bog`lamlar quyidagi maqsadlarda qo`llaniladi: 1. Birinchi tibbiy yordam ko`rsatish maqsadida: suyaklar singanda, bo`g`imlar chiqqanda vaqtincha immobilizatsiya qilish uchun.Buning uchun shinalar (Kramer, Diterixs) va taxtachalar (tekis tayoq, faner karton va boshqalar) dan foydalaniladi.

2. Davolash maqsadida: suyaklarni togri bitishini taminlash uchun taxtakachli boglamlar qollaniladi.