1. Armaturalarning turlari. 2.Armaturalarning fizik – mexanik xossalari. 3. Armaturalash usullari. 3-Mavzu : «Temirbeton konstruksiyalari uchun armatura»
Darsni diqqat bilan tinglang va B.B.B (bilaman, bilishni hohlayman, bilib oldim) jadvalni to`ldiring! Mavzu savoli BilamanBilishni hohlayman Bilib oldim 1 Armaturalarning turlari. 2 Ishlatish usuliga qarab armatura turlari. 3 Bajaradigan vazifasiga qarab armatura turlari. 4 Oddiy armaturalar sinfi 5 Zoriqtiriladigan armaturalar sinfi 6 Armaturalash usullari
1. Armaturalarning turlari. Armaturalar sterjenli va simli armaturalarga bolinadi. Sirtining shakliga qarab tekis va davriy profilli armaturalar boladi. Davriy profilli armatura tekis armaturaga qaraganda beton bilan mustahkamroq boglanadi. Armaturani ishlatish usuliga qarab, u zoriqtirilgan va oddiy armaturaga bolinadi. Armatura konstruksiya tarkibida bajaradigan vazifasiga kora ishchi va montaj armaturaga bolinadi. Ishchi armatura hisoblash yoli bilan, montaj armaturasi esa konstruktiv mulohazalarga kora ornatiladi.
Taqsimlovchi armatura ham shartli ravishda montaj armatura turiga qoshiladi. Temirbeton elementlari kamida 0,05 % va kopi bilan 3,5 % miqdorida armaturalanadi. Armaturalash foizining eng kichik miqdori, armaturalangan elementning chozilishga bolgan hisobiy qarshiligi sof beton elementning chozilishga bolgan qarshiligidan kichik bolmasligi kerak degan shartdan kelib chiqadi. Armaturalashning maksimal miqdori esa iqtisodiy mulohazalar va hisoblar asosida belgilanadi.
Oddiy armatura sifatida A–I, A–II, A–III, va Bp–I, B–I sinfli armaturalardan foydalaniladi. Zoriqtiriladigan armatura sifatida esa A–IV, A–V, A–VI, Aт–V, Aт– VI, Bp–II, B–II va K–7, K–19 sinfli armaturalar ishlatiladi. Agar sterjenli armatura kuchlanish ostida zanglash (korroziya) ga nisbatan ota turgun bolsa, uning sinfiy belgisiga «K» harfi qoshiladi (masalan, Aт–IVK); agar payvandga monand bolsa, «С» harfi qoshiladi (masalan, Aт–IVС). Agar armaturada har ikkala xususiyat mavjud bolsa, «СK» harflari qoshiladi (masalan, Aт–V СK).
Temirbeton konstruksiyalarida davriy profilli sterjenli armaturalar keng qollaniladi. Armatura sirtining davriy profilli shakli, yani uning gadir– budurligi, beton bilan yopishuvini yanada oshiradi, bu esa, oz navbatida, beton chozilishga ishlaganida yoriqlarning kengayishini kamaytiradi, armaturani beton bilan biriktiradigan maxsus choralar korishdan xalos etadi.
2. Armaturalarning fizik – mexanik xossalari. Armaturalarning fizik – mexanik xossalari polatning kimyoviy tarkibi, ishlab chiqarish va ishlov berish usullariga bogliq. A–I, A–II, A–III sinfli yumshoq polatlarda uglerod 0,2 – 0, 4% ni tashkil etadi. Uglerodning miqdori oshirilsa, polatning mustahkamligi ortib, qayishqoqligi va payvandlanuvchanligi kamayadi. Agar polat tarkibiga marganets va xrom qoshilsa, uning qayishqoqligi kamaymagan holda mustahkamligi ortadi; kremniy qoshilsa, polatning mustahkamligi ortib, payvandlanuvchanligi yomonlashadi.
2–rasm. Armatura polatining xarakterli diagrammalari: Malumki, polatning asosiy fizik–mexanik xossalari material namunasini chozishga sinash jarayonida olinadigan «kuchlanish–deformatsiya» ( – ) diagrammasida oz aksini topadi. Bu diagrammaga kora armatura polatlari quyidagi turlarga bolinadi: 1. Oqish chegarasi aniq korinadigan yumshoq polatlar; 2. Oqish chegarasi aniq korinmaydigan otda toblangan polatlar; 3. Deyarli uzilgunga qadar « – » diagrammasida chiziqli boglanishga ega bolgan ota mustahkam polatlar.
3. Armaturalash usullari. Temirbeton elementlari payvandlangan sim–tor yoki karkaslar, alohida sterjenlardan toqilgan armaturalar, bikr prokat profillar va boshqalar bilan armaturalanadi. Payvandlangan sim torlar asosan plitali konstruksiyalarda ishlatiladi. Ishchi armaturalarni joylashishiga qarab, ular uch xil boladi: 1) boylama ishchi armaturali; 2) kondalang ishchi armaturali; 3) ikki yonalishda ham ishchi armaturali. Standart sim torlar diametri 4–5 mm bolgan Вр–I sinfli va diametri 6–8 mm bolgan A–III sinfli, hamda diametri 40 mm gacha bolgan A–I, A–II, A–III sinfli armaturalardan tayyorlanadi. Sim torlar yassi va oramli (rulonli) boladi. Oramli sim torlarning maksimal diametri 5 mm gacha boladi, yassi sim torlarning uzunligi 9 m gacha boladi.
3–rasm. Payvandlangan sim torlar
Payvandlangan karkaslar chiziqli elementlarni (tosin, ustun va sh. o.) armaturalash uchun ishlatiladi. Ular yassi va fazoviy boladi (4 – rasm). 4–rasm. Yassi payvandlangan karkaslar
Agar oldindan zoriqtirilmagan ishchi armatura sifatida A–IV, A–V sinfli va termik puxtalangan armaturalar (payvandlanmaydigani) ishlatilsa, toqilgan karkaslar qollaniladi. Konstruktiv va montaj armaturalar konstruktiv va texnologik mulohazalarga kora ornatiladi: konstruktiv – hisoblashda etiborga olinmaydigan kuchlanishlarni qabul qiladi, montaj armatura esa ishchi armaturalarni loyihaviy holatini taminlaydi va ularni karkaslarga birlashtiradi. Hamma armaturalar payvandlangan armaturali buyumlarga birlashtiriladi – payvandlangan yoki toqilgan sim tor va karkaslarga.
5–rasm. Temirbeton elementlarining armaturasi: 1– boylama armatura; 2–xomutlar; 3–bukma sterjenlar; 4–montaj armatura; 5 – montaj ilgak; 6 – quyma detal; 7–tosin; 8 – ustun