MIF VA AFSONALAR
R E J A : Mifologik obrazlarda yaxshilik va yomonlik, yorug`lik va zulmat, do`st va dushman kuchlarining ifodalanishi. «Avesto», «Shohnoma», «Devoni lug`otit turk» asarlarida, yunon va xind tarixchilari asarlarida keltirilgan tarixiy-badiiy malumotlar. Mitra, Anaxita, Kayumars, Jamshid, Siyovush, v..b. afsonalar. To`maris, Shiroq-qaxramonlik afsonasi sifatida.
Mif mif... koinot va hayotning paydo bolishi, tabiat hodisalari, xudolar va afsonaviy qahramonlar haqida ibtidoiy zamon kishilari tushunchalari ning badiiy ifodasi deb belgilab qoyilgan. Shunday qilib, mif deganda, eng qadimgi afsona, rivoyat, hikoyalarni tushu nish mumkin. Orta Osiyoda yashaydigan xalqlarning otmish hayoti bilan bogliq miflarnnig dastlabki namunalari Avesto kitobida uchraydi. Bu kitobda yaxshilik va yomonlik kuchlari Mitra, Anaxita, Kayumars, Yima (Jamshid), Gershasp (Elikbek) timsollarida namoyon bolgan.
Mifologiyada 3 ta asosiy tushuncha muhim hisoblanadi. 1. Totem.2. Fetish.3. Anima.
Totem deganda, biz dunyodagi turli xalqlar hozirgi paytgacha ozlariga homiy deb bilgan hayvonlarni tushunamiz. Jumladan, burgut, sher, yolbars, bori, ilon (ajdar), humo kabi hayvonlar va qushlar kop xalqlarda alohida ezozlanadi. Ozbek xalqi hozirgi paytda ham yolbars, ilon, bori, ayiq, tuya, ot, qoy, qaldirgoch, burgut, baliq kabi qushlar va hayvonlarga hamisha hurmat bilan qaraydilar. Ularning yashash joylarini sababsiz buzish, ozlarini biron ehtiyoj sezilmagan paytda bezovta qilish, oldirish gunoh hisoblangan. Ayni paytda, safardagi odamning borini, burgutni, oq tuyani uchratishi yaxshilik belgisi hisoblangan. Hatto bu mavjudotlarni tushda korishni ham yaxshilikka yoyganlar. Malum boladiki, totemizm belgisi ozbek xalqining maishiy hayotida shu paytgacha oz tasiriga ega.
Fetish insonlar tomonidan alohida etibor bilan qaraladigan narsa, predmetlar tushunchasini anglatadi. Xususan, turkiy xalqlarda quyosh, oy, yer, ayrim yulduz lar, suv, tuproq, yoy, qilich, qalam kabilarga asrlar davomida alohida hurmat bildirilgan. Masalan, yigit kishining pichoq yoqotishi, yoyining sinishi yomonlik belgisi bolib kelgan, ayni paytda tuproq, suv bilan doimiy ra vishda yaqin bolish baxt hisoblangan.
Anima inson tomonidan totem va fetishga ishonch bilan qarash manosini anglatadi. Tushga ishonish oddiy hayotda roy berayotgan voqealardan kelajak haqida tasavvur hosil qilishga urinish odatlari animizm tasiri bilan bogliqdir. Togri, aksari paytlarda odamlar irimlarni xush kormaydilar, lekin tarixiy jihatdan shakllangan urf- odatlarimiz, rasm-rusumlarimizda totemizm, fetishizm, animizm belgilari aniq sezilib turadi. Bunday voqea- hodisalarga bolgan munosabat badiiy adabi yotimizda ham oz ifodasini topgan. G. Gulomning Shum bola qissasidagiochoq olldida roy bergan hodisani, Olmas Umarbekov, Otkir Hoshimov asarlaridagi ayrim lavhalarni eslasak kifoyadir.
Qayumars afsonasi Bu afsona O`rta Osiyo va Eron xalqlari o`rtasida qadimdan mashhur bo`lib kelgan. Bu afsonaning manbai «Avesto»dir. Bu afsona to`g`risida «Tarixi tabariy» asarida, Firdavsiyning «Shohnoma», Alisher Navoiyning «Tarixi Muluki Ajam» asarida, shuningdek, prof. S.P.Tolstovning «Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab», prof. N.M.Mallaevning «O`zbek adabiyoti tarixi» va boshqa manbalarida qimmatli malumotlar keltirilgan.
SIYOVUSH AFSONASI Siyovush-xalq qaxramoni. Afsonalarda xikoya qilinishicha, Siyovush Kaykovusning o`g`li bo`lgan. Nihoyat darajada go`zal yigit bo`lib, uni o`gay onasi sevib qoladi. Lekin, u o`gay onasining taklifini rad etadi. Bunga chiday olmagan o`gay ona unga tuhmat qiladi. Siyovush o`zining pokligini isbotlash uchun ot surib alangadan o`tadi, so`ng Afrosiyob poytaxtiga boradi. Afrosiyob uni izzat-hurmat bilan kutib oladi va unga o`z qizini beradi. Lekin, dushmanlar Afrosiyob bilan Siyovush o`rtasiga nifoq soladilar, adovat urug`ini sochadilar. Natijada Afrosiyob Siyovushni o`ldiradi. Siyovushning o`g`li Kayxisrav o`z bobosi Afrosiyobdan otasi uchun qasos oladi, uni o`ldiradi. Afsona oxirida Kayxisrav xorazmiy shohlar sulolasiga asos solganligi so`zlanadi.
SHIROQ AFSONASI. Bu afsonada jonajon qabila va ona er uchun o`zini qurbon qilgan Shiroq obrazi mehr bilan yaratilgan. Uning qabila manfaatlari uchun qurbon bo`lishi, o`z qabiladoshlariga sadoqati, vatanparvarligi va qahramonligi uni monumental obrazga aylantiradiki, buni yozma adabiyotda ham uchratish mumkin. Chunonchi, Abu Rayxon Beruniyning «Hindiston» asarida keltirilgan Kanik Afsonasi ham xuddi shu Shiroqga o`xshaydi. Ya.Ilyasovning «So`g`diyona» kitobida ham Mirmuhsinning «Shiroq» dostoni va O`zbekiston sanat muzeyida saqlanayotgan haykaltaroshlikka oid materiallarda ham Shiroq afsonasi mazmunini ifodalangan.