Amerika Qo ʻ shma Shtatlari (AQSh, ingl. United States of America) Shimoliy Amerikadagi mamlakat. Poytaxti Vashington shahri, BMT a ʼ zosi. Amerika Qo ʻ shma Shtatlari Sharqdan Atlantika, g ʻ arbdan Tinch okeani, janubi-sharqdan Meksika qo ʻ ltig ʻ i bilan o ʻ ralgan. Ma ʼ muriy jihatdan 50 shtat va Kolumbiya federal okrugiga bo ʻ linadi. Alyaska va Gavayi shtatlari mamlakat asosiy hududidan tashqarida joylashgan. Puerto-Riko Hamdo ʻ stligi, Shimoliy Mariana orollari Hamdo ʻ stligi, Guam, Virginiya orollari, Sharqiy Samoa ham AQShga qarashli. Maydoni km², aholisi 320,061 mln. kishi (2014).
Davlat tuzumi QSh federativ respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1787 yilda qabul qilingan. Davlat va hukumat boshlig ʻ i, qurolli kuchlar bosh qo ʻ mondoni prezident, uning vakolatlari juda katta. Vitse- prezident bilan birga bavosita, ikki bosqichli saylov yo ʻ li bilan (saylovchilar hay ʼ ati orqali) 4 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni senat va vakillar palatasidan iborat ikki palatali kongress amalga oshiradi. Senatda 100 senator bor (ular 6 y. muddatga, har shtatdan 2 tadan saylanadi va 1/3 qismi har 2 yilda yangilab turiladi). Vakillar palatasiga 435 deputat 2 yilga saylanadi. Ijrochi hokimiyat organi AQSh hukumati prezident tomonidan senatning roziligi bilan tayinlanadi; 13 vazirdan iborat bo ʻ ladi. Hukumat kongress oldida mas ʼ ul emas. Har bir shtatning o ʻ z konstitutsiyasi bor. Shtatdagi qonun chiqaruvchi hokimiyatni qonun chiqaruvchi majlis, ijrochi hokimiyatni esa gubernator amalga oshiradi. AQSh davlatining konstitutsiyaviy tizimiga uch siyosiy-huquqiy qoida asos qilib olingan, bu qoidalar hokimiyatning bo ʻ linishi, federalizm va sudning konstitutsiyaviy nazoratidan iborat. Hokimiyatning bo ʻ linish qoidasi davlat hokimiyatining uch tarmog ʻ i qonun chiqaruvchilik, ijroiya va sud hokimiyatlarining mustaqilligini va ular o ʻ rtasida vazifalarning chegaralab qo ʻ yilishini nazarda tutadi. Federal darajadagi uch tarmoq Kongress, Prezident va Oliy suddir.
Aholisi AQShning hozirgi aholisi uch asosiy etnik tarkibiy qismdan: AQSh amerikaliklari, muhojirlar va tub joy aholisidan iborat. AQSh aholisining 82,8 % ni asli kelib chiqishi yevropaliklar, 12,6 % ni afrikaliklar, 3,6 % ni osiyoliklar, 1 % ni hindular, eskimoslar, aleutlar tashkil etadi. Aholining 80 % shaharlarda yashaydi. AQSh amerikaliklari millat sifatida asosan 18-a.ning 2-yarmida Yevropaning turli mamlakatlaridan kelgan muhojirlarning aralashib ketishi natijasida tarkib topgan. Afroamerikaliklar (qoralar deb ata-luvchi negrlar) AQSh amerikaliklarining irqiy-etnografik guruhi bo ʻ lib, ular 1719-a.larda mamlakatga keltirilgan afrikalik qullarning avlodlaridir. Afroamerikaliklar ko ʻ p asrlar davomida ayirmachilik va kamsituvga duchor qilinishiga qaramay, afrikaliklarning oq tanlilar bilan jismoniy aralashuvi sodir bo ʻ ldi. Duragaylar afroamerikaliklar umumiy sonining anchagina qismini tashkil etadi. AQShda meksikanlar, italyanlar, nemislar, fransuzlar, shvedlar, norveglar, gollandlar, yaponlar, po-lyaklar, xitoylar va boshqaxalqlar ham yashaydi. AQShda 5 mingga yaqin o ʻ zbek istiqomat qiladi. Ular asosan NyuYork, Vashington, Nyu- Jersi shtatlarida, Filadelfiya shahrida hamda mamlakatning boshqa shtat va shaharlarida yashaydi. Ular turli kasb hamda tijorat ishlari bilan shug ʻ ullanadilar. Hozirgi amerikalik o ʻ zbeklarning ota-bobolari 1917 y.gi oktyabr to ʻ ntarishidan keyin bolsheviklar tazyiqidan qochib, avval Afg ʻ oniston va Xitoyga o ʻ tib ketganlar yillarda esa, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Turkiya orqali AQShga borib qolishgan. 2-jahon urushi davrida turli yo ʻ llar bilan u yerga borib qolgan o ʻ zbeklar ham uchraydi. AQSh aholisining zichligi 1 km² ga 27,2 kishi. Rasmiy tili ingliz tili. Dindorlar asosan protestantlar va katoliklardir. Yirik shaharlari: Nyu-York, Chikago, Los Anjeles, Filadelfiya, Xyuston, Detroyt, San Fransisko, Vashington, Boston, Dallas, Klivlend, Baltimor (yana q. Amerikaliklar).
Tarixi Qadim zamonlarda hozirgi AQSh hududida indeys va eskimoslar yashagan. Amerika 1492 yilda X. Kolumb tomonidan kashf etilgandan keyin 16-a.da Ispaniya, Fransiya, Angliya, Gollandiya, Shvetsiya Shim. Amerikadagi bo ʻ sh yerlarni egallashga kirishdi. Angliya 18-a. o ʻ rtalarida asosiy raqiblarini surib chiqarib, qit ʼ aning sharqiy qismida o ʻ zining mustamlakachilik hukmronligini o ʻ rnatdi. Yerlarni egallash va o ʻ rnashib olish bilan ayni bir vaqtda mahalliy aholi qirg ʻ in qilindi va Afrikadan qul negrlar ommaviy ravishda olib kelindi ylardagi Shim. Amerikada mustaqillik uchun urush davomida 1776 y. 4 iyulda federal davlat AQShga asos solindi va u respublika deb e ʼ lon qilindi. J. Vashington AQShning birinchi prezidenta etib saylandi. Mamlakat shim.da sanoat va fermerlik, jan. da quldorlikka asoslangan dehqonchilik rivojlandi. G ʻ arbdagi indeys qabilalarini haydab yuborish va yangi yerlarni o ʻ zlashtirish hisobiga AQSh hududi tez kengaya bordi yilda Fransiyadan G ʻ arbiy Luiziana sotib olindi, 1819 yilda Ispaniya Floridaning bahridan o ʻ tdi, 1836 yilda Meksikadan Texas tortib olindi. 19-a. mobaynida hozirgi Kaliforniya, Arizona, Nyu-Meksiko, Nevada shtatlarining hududlari, Kolorado va Vayoming shtatlarining bir qismi qo ʻ shib olindi. 19a. o ʻ rtalarida AQShda ikki partiyali tizim tarkib topdi. Endi hokimiyatni Demokratik partiya bilan Respublikachilar partiyasi galmagal boshqaradigan bo ʻ ldi. Shim. burjuaziyasi bilan janub plantatorlari o ʻ rtasidagi ziddiyat AQShda yillar fuqarolar urushiga olib keldi, unda prezident A. Linkoln boshchiligidagi shim. shtatlar g ʻ alaba qozondi. Urush davomida yer ulushlari haqida (1862), quldorlikni bekor qilish to ʻ g ʻ risida (1865) qonunlar qabul qilindi. Fuqarolar urushidan so ʻ ng mamlakat iqtisodiyoti jadal rivojlana boshladi yilda AQSh chor Rossiyasidan Alyaska va Aleut orollarini sotib oldi; 19-a. oxirida Filippin, Gavayi, Puerto-Riko va boshqalarni, 1903 yilda Panama kanali zonasini qo ʻ lga kiritdi. Ikki asr bo ʻ sag ʻ asida AQShga ko ʻ chib kelishning yangi to ʻ lqini boshlandi. Muhojirlarning aksariyati jan.-sharqiy Yevropadan edi.