SOHIBQIRON AMIR TEMUR prezentasiayni bajardi: Sevinch Ilhomova 7 V sinf
Amir Temur (toliq ismi Amir Temur ibn Amir Taragoy ibn Amir Barqul) 1336-yil 9-aprel, Kesh (hozirgi Shahrisabz) shahri yaqinidagi Xoja Ilgor qishlogida yashovchi Chigatoy ulusining beklaridan bolgan Amir Taragay oilasida ogil tugiladi. Amir Taragay chaqaloqni shayx Shamsuddin Kulol huzuriga olib boradi. Bu paytda shayx Quron oqib otirgan ekan. Suralardan birida taymur sozi uchraydi va shayx godakning nomini Temur qoyishni buyuradi. Shahrisabz
Amir Temurning yoshligi Yosh Temur bolalikdan soglom, baquvvat, dovyurak bolib osgan, otda yurishni yaxshi korgan. Maxsus murabbiylar nazorati ostida yoshlikdan chavandozlik, ovchilik, kamondan oq uzish, qilichbozlik singari harbiy mashq va oyinlar bilan mashgul bolgan. Siyosiy maydonga qadam qoyganida Amir Temur endigina 24 yoshga kirgandi. Mamlakat parokanda, mahalliy siyosiy kuchlar ortasidagi ozaro qarama- qarshiliklar avj olgandi. Ustiga ustak, Chingizxon avlodlari Movarounnahrga tez-tez bosqin uyushtirib turardi.
Oq-saroy ShahrisabzShahrisabz
Amir Temur ozining ilk harbiy faoliyatini qol ostidagi navkarlari bilan ayrim viloyat amirlariga xizmat qilishdan boshlagan, ularning ozaro kurashlarida qatnashib, jasorat korsatgan, janglarda chiniqqan, harbiy mahoratini oshirgan.
Amir Temurning hayoti va faoliyatini shartli ravishda ikki davrga bolish mumkin. Birinchi davrida (1366– 1385) Movarounnahrni mogullar istilosidan ozod qilib, olkada yagona markazlashgan davlat tuzgan, ozaro urushlarga barham bergan. Ikkinchi davrida (1386– 1405) boshqa mamlakatlarga yurish qilib, tarixga uch yillik, besh yillik, yetti yillik yurushlar nomi bilan kirgan yurushlarni amalga oshirgan.
XVI asr italyan rassomchiligida Temurning tasviri XVI asrda fransuz rassomi tomonidan yaratilgan Temur tasviri Tamerlan XV asr Rassomchiligida Temurning tasviri
Amir Temur umrining kop qismini yurishlarda otkazdi. Sharqqa qilgan yurishi paytida Amir Temur 1405 yil 18 fevral kuni Otror shahrida vafot etdi. Uning jasadi Samarqandga olib kelinib, 23 fevral kuni Gori Amirda, nabirasi Muhammad Sulton daxmasida dafn qilindi.
Buyuk bobomiz Amir Temur tarixda mohir diplomat va davlatlar ortasida yaxshi munosabatlarni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy aloqalarini yolga qoyish tarafdori sifatida chuqur iz qoldirdi. U Yevropa va Osiyo ortasida ozaro aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan keng kolamli ishlarni amalga oshirdi. Sohibqiron dunyoning turli mamlakatlari bilan aloqalar ornatdi: bir tarafdan – Xitoy, Hindiston, ikkinchi tarafdan – Frantsiya, Angliya, shuningdek, Usmonlilar imperiyasi, Ispaniya, Italiya, Misr va boshqa davlatlar.
Ozbekiston mustaqillikka erishgandan keyingina buyuk bobomizning hayoti va faoliyati haqqoniy bahosini olib, qadr- qimmati joyiga qoyildi. Amir Temurning 670 yillik yubileyi respublikamizda zor tantana bilan nishonlandi. Shu munosabat bilan Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyi ochildi. Toshkentda, Samarqandda va Shahrisabzda unga haykallar ornatildi. Koplab kochalar, xiyobonlar, maydonlar uning nomi bilan atala boshladi. Amir Temur ordeni tasis etildi. Buyuk sarkarda va davlat arbobi, uning avlodlari hayoti va faoliyatiga bagishlab kitoblar nashr etildi, kinofilmlar ishlandi.