Urganch tumanidagi 7-son umumiy orta talim maktabi Tarix fani oqituvchisi Qurbonov Diyorning 1 soatlik Ochiq dars ishlanmasi Mavzu : Zahiriddin Muhammad Bobur- buyuk davlat arbobi va mohir sarkarda.
Darsning maqsadi: Talimiy maqsad: Oquvchilar bu darsda olimpiada oyinlarining qadimiy ekanligi,hamda hozirgi kunda ham davom etayotganligan oyinlar haqidagi bilimlariga ega boladilar. Tarbiyaviy maqsad: Olimpiada oyinlari va uning ahamiyatini anglab,oquvchilarning sportga bolgan qiziqishlari ortadi. Rivojlantiruvchi maqsad: Olimpiada oyinlarining tarixini organgan oquvchilarda kelgusida olimpiada oyinlarida qatnashib,yurt sharafini koklarga kotarishiga bolgan havas,intilishini kuchaytirish. Kutilayotgan natija: Olimpiya oyinlari,tarixi,unda yurtimiz fuqarolarining qatnashuvini oqib,organgan oquvchilarda faxrlanish hissi paydo boladi.Sportga bolgan qiziqishi ortadi.
Oquv jarayonini tashkil etish Dasr usuli: Interfaol,yangi bilmlarni organish. Dars uslubi: guruhlarda ishlash Dars jihozi: darslik,siyosiy xarita,mavzuga oid rasmlar,oilmpiada timsollari,kompyuter,slaydlar.
Zahiriddin Muhammad Bobur Andijon (1483 y. 14 fevral)da tugildi. Amir Temurning beshinchi avlodi, Fargona hukmdori Umarshayxning farzandi. Bobur 12 yoshda (1494) taxtga chiqdi. Umarshayx Mirzo 1494-yilda baxtsiz hodisa tufayli halok bo'lgach, hokimiyat 11 yoshli Bobur Mirzo qo'liga o'tdi. Bobur Mirzoning siyosat maydoniga chiqishi Temuriylar saltanatida harbiy- siyosiy vaziyat nihoyatda og'irlashgan sharoitga to'g'ri keldi. Bu paytda Andijonda Bobur Mirzo, Samarqandda Boysung'ur Mirzo, Òoshkentda Sulton Mahmudxon, Hirotda esa Sulton Husayn Boyqaro hukmron edilar.
Bobur Mirzo ham barcha taxt da'vo- garlari kabi Amir Temur saltanatining markazi - Samarqand taxtini egallash ishtiyoqi bilan yonar edi. Bobur Mirzo 1496-yilning 17- iyunida qo'shini bilan Samarqand qamaliga tutinadi. Biroq qish yaqinlashib qolganligi tufayli ittifoqchi shahzodalar Samarqand qamalini to'xtatib, yurtlariga qaytishga majbur bo'ldilar yilning may oyida Bobur Mirzo ikkinchi marta Samarqandga yurish boshlaydi va yana Samarqand qamali boshlanadi. Bobur Mirzo 1497-yilning noyabr oyi oxirida Samarqand taxtini egallashga muvaffaq bo'ldi. Biroq bu hol uzoqqa bormadi. Samarqand rahnamolari Farg'ona hokimi Bobur Mirzoga maktub yo'llab, Samarqand taxtini egallashga da'vat etdilar. Sulolasi manfaatlariga sadoqatli bo'lgan Bobur Mirzo yilning kuzida Samarqandga yurish boshladi. Bu paytda Shayboniyxon Samarqanddan tashqarida - Konigil (shahardan tashqaridagi hukmdorlar hordiq chiqaradigan joy)da turar edi.
Aholi tomonidan Samarqandning darvozasi Bobur Mirzoga ochib berildi va uning qo'shini shiddat bilan hujum qilib, Shayboniyxonning bu yerda qoldirib ketgan 600 kishilik askarini qirib tashladi. Shunday qilib, Bobur Mirzo Samarqand taxtini ikkinchi marta egalladi yil aprelida Zarafshon bo'yidagi Sariðul qishlog'i yaqinida yuz bergan og'ir urushda Bobur Mirzo yengildi. U Kobulga ketishga majbur bo'ldi. Bobur Mirzo Kobulga borib, bu yerda 1504-yilning sentabr oyida hokimiyatni qo'lga kiritdi yili, Shayboniyxon halok bo'lgach, Bobur Mirzo qalbida shoh Ismoil yordamida Movaroun- nahrni shayboniylardan qaytarib olish umidi paydo bo'ldi. Bobur 1511-yil kuzida shoh Ismoil yordamida Samarqandni uchinchi marta qo'lga kiritdi. Bobur Samarqandni egallagach, shoh Ismoilni oliy hukmdor deb e'lon qildi. Shoh Ismoil islomning shia oqimiga e'tiqod qilardi. Shuning uchun ham Samarqand xalqi uni qo'llab- quvvatlamadi. Bu orada Bobur Erondan kelgan qo'shinlarga javob berib yuborgan ham edi. Bunday qulay fursatdan foydalangan Shayboniyxon avlodi Ubaydulla Sulton bilan Muhammad Òemur Sulton boshqa mahalliy sultonlarning yordamiga tayanib, Boburga qarshi yurish boshladilar yil 28-aprelda ñho'li Malikda bo'lgan jangda Bobur yengilib, Hisorga chekindi. Shayboniyxon avlodlari Samarqandni uzil-kesil egalladilar.
Bobur endi Movarounnahrdan tamoman umidini uzib, yana Kobulga qaytdi va 1526-yilga qadar Kobulni idora qildi. So'ngra Kobulni ikkinchi o'g'li Komron Mirzoga qoldirib, o'zi Hindiston sari yurish boshladi. Bobur 1526-yilning 21-aprelida Dehli hukmdori Ibrohim Lo'diy qo'shinlarini tor-mor keltirdi. Bu g'alaba natijasida Bobur Shimoliy Hindistonni egalladi yilning 27- aprelida Dehli shahrida podshoh Bobur nomiga xutba o'qildi. Shu tariqa Hindistonda - boburiylar sulolasiga asos solindi. Bobur shoh Hindistonda bir-biri bilan dushmanlik kayfiyatida bo'lgan mayda mustaqil rojalarni ham qilich, ham siyosat yo'li bilan birlashtirdi va markazlashgan yirik saltanatni barpo etdi. Bu saltanat 332 yil ( yillar), ya'ni Hindistonni Buyuk Britaniya to'liq bosib olguniga qadar hukm surdi.
Uning o'zi ham ajoyib olim, turkiy nazmda asarlar bitgan Alisher Navoiydan keyin turadigan tengi yo'q shoir, yirik bastakor edi. Bobur shoh o'zining "Boburnoma" hamda "Mubayyin", Turkiy devon" kabi asarlari bilan mashhur ijodkor hamdir Uning nomini abadiylikka muhrlagan asar "Boburnoma"dir. Bu asar -Movarounnahr, Afg'oniston, Hindiston va Eron xalqlari tarixi, geografiyasi haqida juda qimmatli ma'lumotlar beradi. Bu xotira asarlar sirasiga kiradi. Asar yillar oralig'ida bo'lib o'tgan tarixiy voqealar haqida yilma-yil hikoya qiladi.
yillarda Bobur Afgonistonni egalladi yillarda u Hindistonga besh marta yurish qiladi va uch asrdan ortiq davom etgan ( yillar) boburiylar saltanatiga asos soldi. Bobur shoh 1530-yilning 26- dekabrida 47 yoshida vafot etdi. Uni Agra shahrida, Jamna daryosi yonidagi Bog'i Orom"ga dafn etadilar. Uning vasiyatiga ko'ra, bir necha yildan so'ng Bobur shoh jasadi Kobuldagi "Bog'i Kalon"ga ko'chiriladi. Bu bog'ni Boburning o'zi katta mehr bilan obod qilgan edi. Keyinchalik bu bog' "Bog'i Bobur" deb atala boshlangan. Ramziy qabri Bobur ekspeditsiyasi tomonidan Andijonda ham barpo etilgan.
O'zbekiston Respublikasi hukumatining qarori bilan yilda Bobur tavalludining 510 yilligi keng miqyosda nishonlandi. Boburning buyuk xotirasini ulug'lash yo'lida katta ishlar amalga oshirildi. Chunonchi, Andijonda Bobur haykali o'rnatildi, ramziy qabr maqbarasi qurildi. "Bobur milliy bog'i" va shu bog' qoshida "Bobur va jahon adabiyoti" nomli muzey tashkil etildi.
1. Umarshayx Mirzo. 2. Abusayid Mirzo. 3.Sulton Muhammad Mirzo 4. Mironshoh. 5. Amir Temur.
Ogillari: 1.Humoyun mirzo. 2. Komron mirzo. 3. Hindol mirzo. 4. Mirzo askariy. Qizlari: 1. Gulchehrabegim. 2. Gulrangbegim. 3. Gulbadanbegim.