1. Falsafada inson muammosi, uning moxiyati. 2. Insonda biologik va ijtimoiy jixatlar ularning birligi. Insonning paydo bulishida va rivojlanishida mexnat,

Презентация:



Advertisements
Похожие презентации
8-mavzu: Ong falsafasi. Reja: 1. Falsafada ong muammosining qo`yilishi. 2. Ong – falsafiy tahlil obyekti. Ongning kelib chiqishi va mohiyati. 3. Ong va.
Advertisements

9-mavzu: Gnoseologiya. Bilish haqidagi talimot Reja: 1.Bilish – voqelikning inson ongidagi inikosi. Bilish muammosining falsafada qo`yilishi. 2.Bilish.
1. Falsafada inson muammosi, uning moxiyati. 2. Insonda biologik va ijtimoiy jixatlar ularning birligi. Insonning paydo bulishida va rivojlanishida mexnat,
Транксрипт:

1. Falsafada inson muammosi, uning moxiyati. 2. Insonda biologik va ijtimoiy jixatlar ularning birligi. Insonning paydo bulishida va rivojlanishida mexnat, til, madaniyat va Etikaning roli. 3. Inson manaviyati va bunyodkorlik faoliyatining jamiyat taraqqiyotidagi orni.

Insonning moxiyatini bilish qadim zamonlardan boshlab falsafaning asosiy maqsadlari sirasiga kirgan. Mazkur masalaning qadimiyligi mutlaqo uning eskirib qolganini anglatmaydi. Xar bir davr, xar bir falsafiy oqim bu doimiy muammoni yangi-yangi qirralarini kashf qilishga intiladi. Jamiyat tarixida juda koplab keskin ozgarishlar, tub burilishlar bolib, xilma-xil goyalar, qarashlar, talimotlar uzgarib, yangilanib turgan bulsada, inson moxiyati muammosi, uning odob-Etikasi, manaviyati masalasi xech kachon faylasuflar diqqat etiboridan chetda qolgan emas. Bugungi kundagi mamlakatimizda amalga oshayotgan isloxatlar xam inson manfaatiga qaratilgandir.

Inson dunyoda eng murakkab oliy mavjudot, tabiatning yuksak maxsuloti. Shuning uchun uni anatomiya, fiziologiya, biologiya, genetika singari qator fanlar urganadi. Lekin odam boshqa tirik mavjudotlardan farqli ularoq faqat tabiiy emas, balki tarixiy, ijtimoiy mavjudot xamdir. Uning ijtimoiy sifatlari bilan tarix, estetika, Etika, ruxshunoslik, iqtisod, kabi fanlar shugullanadi.

Falsafa fani oliy mavjudot bulgan insonning moxiyatini ochish, ichki dunyosi, odob-Etikai, orzu intilishlari manaviyatini bilib olish va undan tegishli xulosalar chiqarishga katta yordam beradi. Falsafa fani insonning ichki manaviy dunyosi, uning qiziqishlari, etikodi, tushunchalari ming yillar mobaynida shakllanadi, ongda mustaxkamlanib boradi, deb kursatadi. Shunga kura siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy munosabatlardagi tub uzgarishlarning maxsuli bulgan inson ongidagi uzgarishlar bir muncha murakkabrok bolib malum vaqt ichida yuz beradi. Obektiv olamda sodir bolgan yoki bolayotgan xodisalar, ularning umumlashmalari asosida inson tushunchalari, ongi, fikri shakllanadi.

Odamni xayvondan ajratib turadigan eng asosiy tafovutlardan biri xulqdir. Bu farq yuqorida korsatib otilgan tafovut – ongning mavjudligi bilan chambarchas boglik.Odam xulqi ong yordamida boshqariladi,lekin uning shakllanishida tabiiy omillar,instinktlar,biologik extiyojlar rolini mutlaqo inkor kilish xaqiqatdan koz yumish bolur edi.

Tabiat kuchlariga qarshi kurash urug va qabiladagi barcha azolarning birlashishini takazo qilar edi. Mexnat va istemol kollektiv xarakterga ega bolgani uchun jamoa Etikai xam kollektiv xarakterda edi.Mexnat jarayonida odamlardagi iroda, ozaro yordam singari tuygular tarbiyalanar va rivojlanar edi. Mexnat jarayonida shakllangan Etikaning odamlar orasidagi munosabatlarni tartibga solishi oqibatida xaqiqiy kishilik jamiyati vujudga keldi. Bu jamiyatda mexnat faqat oziq-ovqat, kiyim- kechak topish vositasigina bolib kolmasdan, tarbiyaning xam qudratli vositasiga aylandi.

Ilmiy-texnika inqilobi davrida odamdagi biologik va ijtimoiy sifatlar birligining yangi kirralari namoyon bola boshladi. Malumki, minglab yillik tarix odamning boshka turdagi mavjudotlarga nisbatan moslashuvchanligi kuchlirok ekanini korsatdi.

Genetika fanining kuzatishlari odam irsiyatida yuz berayotgan mutatsiyalar- ozgarishlar tezlashib borayotganini korsatmokda. Shu mutatsiyalar va yukorida aytilgan stresslar oqibatida tez suratlar bilan kopayib borayotgan yurak-qon tomir kasalliklari insoniyat uchun xavf solmokda. Inson jismidagi biologik imkoniyatlar juda xavfli chegaraga yaqinlashmokda. Barcha kuchlarni ishga solib ana shu xavfni bartaraf kilish xozirgi kundagi eng muxim vazifalardan biridir.

Falsafa fani insonning manaviyatga ega ekanligiga xam aloxida etibor beradi. Manaviyat insonning asosiy fazilatlaridan bolib xisoblanadi. Insonda manaviy asosda yashash va faoliyat korsatishgina emas, balki, shu bilan birga uni egallash, rivojlantirish va takomillashtirish qobiliyati va istedodi xam mavjuddir. Manaviyat uz-uzidan paydo xam bolmaydi, rivojlanmaydi xam. Manaviyat insonga ona suti, ota namunasi, ajdodlar ogiti bilan birga singadi. (I. Karimov Ozbekiston buyuk kelajak sari. T. 1998, 60-bet). Manaviyat inson qalbida kamol topishi uchun u qalban va vijdonan, aql va kol bilan mexnat qilishi kerak.

Manaviyat barkaror bolmagan joyda moddiy nematlar ishlab chiqarish va istemol qilish madaniyati yuqori bolmaydi. Manaviy qashshoq bolgan odam yetuk, farovon, madaniy turmush kechirish meyorlarini xam bilmaydi. Manaviyati yetuk insonlar kelajakni oldindan kurishga, kiyinchiliklarni yengishga ogir sharoitda xam yuksak maksadini oldiga kuyib, uni iymon va etikodi bilan yengishga qodir boladilar. Manaviyat insonning ozligini anglab olishda unga yordam beradi. Ozligini anglagan insongina, Ozligini anglagan millatgina kuchli davlat, adolatli jamiyat barpo eta oladi.