Yuz Ruxsor Chehra Husn Chiroy Vasl Oraz Jamol Visol Faqat badiiy nutqning poetik uslubida qollanuvchi sozlar.

Презентация:



Advertisements
Похожие презентации
Yuz Ruxsor Chehra Husn Chiroy Vasl Oraz Jamol Visol Faqat badiiy nutqning poetik uslubida qollanuvchi sozlar.
Advertisements

Транксрипт:

Yuz Ruxsor Chehra Husn Chiroy Vasl Oraz Jamol Visol Faqat badiiy nutqning poetik uslubida qollanuvchi sozlar

Bet Turq Bashara Aft Nusxa Jonli sozlashuvda keng istemolda bolgan sozlar

Adabiyot darslarida oquvchilarning ogzaki va yozma nutqini ostirish Niyozmеtova R., p.f.d., prof.

Reja: 1.Oquvchilarning ogzaki va yozma nutq madaniyatini shakllantirish haqida. 2. Ogzaki va yozma nutqning ozaro bogliqligi. 3. Oquvchilar nutqini оshirishda insho va boshqa yozma ish shakllarining orni. 4.Insho yozishga tayyorgarlik, xatolar ustida ishlash, baholash va tahlil qilish.

Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Zunnunov A., Hotamov N., Esonov J., Ibrohimov A. Adabiyot oqitish metodikasi. – Toshkent, Oqituvchi, Toxliyev B.Adabiyot oqitish metodikasi. – Toshkent, Oqituvchi, Mahmudov N. Oqituvchi nutqi madaniyati. – T.: Alisher Navoiy nomidagi Ozbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, M.Mirqosimova. Oquvchilarda adabiy tahlil malakasini shakllantirish va takomillashtirish asoslari.- Toshkent, Fan, Safo Matjon. Maktabda adabiyotdan mustaqil ishlar. (Oqituvchilar uchun metodik qollanma). – T.: Oqituvchi, Yoldoshev Q. Adabiyot oqitishning ilmiy-nazariy asoslari. Toshkent, Oqituvchi, Husanboyeva Q. Tahlil - adabiyotni anglash yoli. T.: Madayev O. Insho qanday yoziladi? – Toshkent, Oqituvchi, 1991.

Shior Uquv qayda bo`lsa, ulug`lik bo`lar, Bilim qayda bo`lsa, buyuklik bo`lar. (Yusuf Xos Hojib)

Adabiyot darslarida oquvchilar nutqini ostirishning oziga xos xususiyati shundaki, oqituvchi darsda oquvchilarda badiiy asarni oqish, yod olish, ifodali sozlash malakalarini ostirish orqali ularning grammatik qoidalarni, soz sanatining qonuniyatlarini egallab olishlariga erishadi, adabiy nutqlarini rivoj topdiradi. Oquvchilarning ogzaki va yozma nutq madaniyatini taraqqiy ettirish adabiyot oqitishning sifatiga bogliq. Shu bilan birga, nutq madaniyatini rivojlantirish darsda leksik mashqlar, qayta hikoyalash, bayon, insho kabi mashgulotlarni uyushtirib turishni ham taqazo etadi.

Oquvchilarning ogzaki nutqini ostirish Ogzaki nutq har bir kishidan oz suhbatdoshining fikrini tez anglashni, suhbatda zarur bolgan sozni tez topishni, har bir sozning manosini matnga bogliq holda tushuntirishni, qollanadigan sozning oziga mos sinonimini topib ishlatishni talab qiladi. Tabiiyki, ogzaki nutqda oylab soz tanlashga vaqt bolmaydi. Shunga kora, oldin istemolda bolgan va esda saqlanib qolgan sozlar qollaniladi.

«Ogzaki nutqdan kuzatiladigan maqsad bayon qilinadigan fikrlarga mos sozlarni tezlik bilan topa olishga, nutq davomida fikrni tizimlashtiruvchi reja tuzishga, oz fikrini ishonarli va qatiy bayon qilishga orgatish va, nihoyat, oquvchilarda hozirjavoblikni ostirishdan iborat» (H.Ubaydullayev). Shunga erishish lozimki, oquvchi nutq jarayonidagi notugalliklarni ham payqaydigan, faqat ozgalarning, ortoqlarining nutqidagi emas, balki oz nutqidagi kamchiliklarga ham tanqidiy qaray oladigan bolsin. Nutqda sozning noorin qollanishini his etish oquvchidagi nutqqa nisbatan ongli va mantiqiy yondoshuvning ochiq korinishi bola oladi.

Adabiyot darslarida ogzaki nutq ostirishning eng samarali usullari: 1.Badiiy matnni ifodali oqish. 2. Badiiy asarni yoki uning parchasini yod olish. 3.Badiiy matnni izohli oqish. 4.Tushunilmagan sozlar ustida ishlash. 5.Badiiy matnni qayta hikoyalash. 6.Matn qismlariga sarlavha topish. 7.Savollarga javob topish. 8.Asar goyasiga mos xalq maqollarini topish. 9.Nutqning mantiqiy izchilligi va boyoqdorligiga erishish.

Adabiyotda yozma nutq ostirishning 3 turidan foydalaniladi: 1.Kichik hajmdagi yordamchi yozma ishlar. 2. Bayonlar. 3.Insholar.

1.Kichik hajmdagi yordamchi yozma ishlar quyidagi turlari mavjud: Lu gat ustida ishlash. Matndan kochirib yozish Matn asosida konspеktlashtirish Matn asosida tеzislar tuzish Savollarga javoblar yozish Badiiy asar parchalariga sarlavhalar topish Sifatlash, sinonimlar, antonimlar topib yozish Rеja tuzish Fikrlarni dalillash uchun sitatalar topib olish Badiiy asarni tahlil qilish Epigraflar topib yozish Obrazga tavsif bеrish Badiiy asarga taqriz yozish

Bayonlar badiiy asarni yoki bеrilgan matnni yozma ravishda qayta hikoyalash xaraktеridagi yozma ish turidir. Bayonlar matnni qayta bayon qilish, toliq bayon, qisqartirilgan bayon, kеngaytirilgan bayon tarzida otkaziladi. Kеngaytirilgan bayonning inshoga tayyorlashdagi ahamiyati katta. U oquvchining fikrlash doirasini, bayon uslubini ostiradi.

Bayonning asosiy moyiyati shundan iboratki, oquvchiga muayyan bir matn tavsiya etiladi. Bu matn tugallanmaganligi bilan oziga xoslik kasb etadi. Matnning asosiy xususiyati shundaki, unda muayyan tipdagi fikr (tasvir, tavsif, hikoya) boshlab bеriladi. Bu fikr oquvchining qiziqishlarini, diqqat- e'tiborini oziga tortgunga qadar (matn mazmuniga kora bir-ikki, ba'zan bеsh-oltitagacha gap doirasida) davom ettiriladi va xuddi shu еrda toxtatiladi (uzib qoyiladi). Uni davom ettirish va yakunlash oquvchining oziga topshiriladi. Dеmak, «voqgеalar»ni davom ettirish, rivojlantirish va ularni ozaro boglash, shular asosida mantiqiy bir yеchim va yakunga kеlish oquvchining oziga qoladi. Xuddi mana shu jarayonda oquvchining bеvosita oziga, uning individualligiga xos bolgan barcha jihatlar: ijodkorlik, dunyoqarashining kеngligi, mantiqiylik, sozni his etish va his etilgan hodisa va holatlarga mos kеladigan sozlarni oz ornida qollay olish toligicha namoyon boladi. Tajribalarning korsatishicha, mashqdan mashqqa otgan sari bunday ijodiy ishlarning natijalari ancha sеzilarli va jiddiy bolib boradi. Buning ayrim namunalarini tavsiya etishimiz mumkin. Oqituvchilar bu namunaga qarab istagancha erkin va ijodiy yondoshishlari mumkin:

Didaktik maqsadlarga kora insholar 2 turli boladi. 1.Ta'limiy insholar 2.Sinov insholari Janr va tеmatik xususiyatlariga kora insholar 3 turli boladi 1. Adabiy 2. Adabiy-ijodiy 3. Erkin Goyaviy-uslubiy xususiyatlariga kora insholarni 5 turga bolish mumkin 1.Obraz 2. Monografik 3. Qiyosiy 4. Taqriz 5. Mulohaza

Insho yozish oquv faoliyatidagi eng muhim nuqtalardan biridir. Insho juda uzoq va murakkab tayyorgarlik va tajribalarni talab qiladigan ijodiy jarayondir. Insho yozishning birinchi asosi muayyan adabiy-badiiy matеrialni oqish, anglash va uning asosiy mohiyatini, fakt va hodisalarini puxta ozlashtirish bilan bogliq.

Inshoni yozishga tayyorgarlik va uni otkazish qanchalik muhim bolsa, uni tahlil qilish, xatolar ustida ishlash va baholash ham shunchalik katta pеdagogik ahamiyatga molikdir. Ta'lim bosqichlarida yozma ishlarni, jumladan, insholarni tahlil qilishning hozirgi ahvoli, afsuski, kop joylarda bir muncha ozgartishga, takomillashtirishga muhtojdir: «ba'zan uning otkazib yuborilishi, notogri munosabat bildirish, xatolarni tuzatishda kasb mahoratining еtishmasligi, kopincha xatolarni tuzatishda, ogzaki tuzatishlar va taqrizlar yozishda bir xillikning еtishmasligi» kuzatiladi. Insholarni baholashda bir qator mеzonlar amal qilinadi. Bular orasida eng muhimlari sifatida yozma nutqning togriligi, ravonligi, mavzuga mutanosiblik darajasi, ifodaning aniqligi va haqqoniyligi, mantiqiyligi, ta'sirchanligi, boyligini korsatish mumkin.

Inshoni baholash mе'zonlari quyidagicha: Rеja mustaqil va ijodiy tuzilganligi, epigrafning togri, mavzuga mos tanlanganligi; Mavzu togri va batafsil yoritilganligi ; Adabiy matеriallardan mavzuni yoritishda togri va orinli foydalanganligi ; Mustaqili fikrlash qobiliyatiga ega ekanligi ; Fikrni ifodalashda mantiqiy izchillikning ustivorligi va xulosalarning togri isbotlanishi ; Aniq, tushunarli va ifodali til bilan bayon qilinishi ; Uning shaklan va mazmunan mukamalligi, maqsadning toliq ochib bеrilganligi ; Imlo, ishorat va uslubiy savodxonlik darajasiga e'tibor bеriladi.

Bayonni baholash mezoni: T/r Bilim, ko nikma, malakalar ball 1. Reja mavzuga muvofiq bo lsa; asar voqeasi to g ri bayon qilingan bo lsa; bayon mantiqli va muntazam bo lsa; so z boyligi, ifoda qurilishi va uslubi adabiy til talablariga mos bo lsa; mazmun va ifodada bir-ikki nuqson bo lsa; savodxonlikda qo pol bo lmagan bitta imlo yoki ikkita ishorat xatosi bo lsa; uslubiy xato bo lmasa Matn reja asosida yoritilib, lekin kichik nuqsonlarga yo l qo yilgan bo lsa; fikr bayonida muntazamlik qisman buzilgan bo lsa; so z tanlashda va ifoda qurilishida har xillik bo lsa; mazmun va ifodada 2-3 nuqsonga yo l qo yilgan bo lsa; savodxonlikda 2 imlo, 2 ishorat va ikkitagacha uslubiy xato mavjud bo lsa Mavzu to liq yoritilmagan bo lsa; mavzudan qisman chetga chiqilgan bo lsa; Aniq voqealar izohida nuqsonlarga yo l qo yilgan bo lsa; so z boyligi va ifoda tuzilishida nochorlik sezilib tursa; savodxonlikda 3 tagacha imlo, 4 tagacha ishorat, 3 tagacha uslubiy xatoga yo l qo yilgan bo lsa Asar voqeasi ko p buzilgan bo lsa; ish rejaga mos bo lmasa; fikr bayoni va qurilishida buzilishlar bo lsa; fikrlar bir-biriga bog lanmasa; so z boyligi juda kambag al bo lsa; mazmun va ifodada 5-6 tagacha nuqsonga yo l qo yilgan bo lsa; savodxonlikda 7 tagacha imlo, 7 tagacha ishorat va 7 tagacha uslubiy xatoga yo l qo yilgan bo lsa. 2 5 Me yorlash « 2 » ball uchun belgilangan mezondan oshsa. 1

Yozma ishda xatolarning belgilanishi Umumiy orta talim maktablarida yozma ishni tekshirishda xatolar tagiga chizish hamda daftar hoshiyasiga belgilar chiqarish yoli bilan korsatiladi va hisobga olinadi. Xatolarni korsatish uchun: imlo xatosi ostiga ikki chiziq (=) tinish belgilardagi xato ostiga bir chiziq (-) uslubiy xato ostiga tolqinli chiziq (~) chiziladi Daftar hoshiyasiga esa quyidagi shartli belgilar qoyiladi: / (shtrix) - imlo xatosini bildiradi; V (ve) - tinish belgisidagi xatoni bildiradi; W (dubl ve) - uslubiy xatoni bildiradi; Z (zet) - abzatsni, ba'zan matndagi behuda bosh qoldirilgan yoki noorin band qilingan satrlarni bildiradi; yozma ishni tekshirishda chiroyli jumla, juda ornida keltirilgan dalil roparasidagi daftar hoshiyasiga qavs ichida undov belgisi (!) qoyish bilan tahsin yoki maqtovni; nonoq, tushunarsiz, notogri jumlalar, noorin dalillar roparasidagi daftar hoshiyasiga qavs ichida soroq belgisi (?) qoyish bilan e'tiroz yoki tushunarsizlikni bildirish mumkin. Ish tekshirib bolinganidan keyin xatolar tasniflanib, ularning soni, masalan, imloviy - 2 ta, ishoraviy - 3 ta, uslubiy -1 ta kabi korsatilishi mumkin.

Muhammad Yusufning «Ulugimsan, Vatanim» shе'ri asosida Sеvara Nazarxon ijrosidagi qoshiqni eshitib, Vatan mavzusida kеngaytirilgan ogzaki matn tuzing. «Vatan» mavzusida sodda va murakkab rеja tuzing va oz fikringizni bildiring.

Navoiy qiyofasini Oybеkning Navoiy rоmanidagi quyidagi parcha asosida tasvirlash mumkin: Shoirning boshida kuchli kok taqyaga silliq oralgan korkamgina salla. Egnida odmi shohi ton, ustida yalang qongir movut chakmon… Navoiy ottizdan oshmagan bolsa ham, yoshi ulugdеk korinardi. Qomati ortadan baland, ingichka, lеkin pishiq, barmoqlari uzun va nafis. Qora va qisqa soqolli xushbichim miyiqlari tеkis va silliq; yonoqlari chiqiqroq; kеnggina yuzida doimiy tafakkurning asl ma'nosi, ma'naviy qudrat va yеngil, gozallashtiruvchi bir xorginlik jilvalanadi. Qobariqroq qovoqlari ostidagi qiygoch kozlarida goyo tafakkur va xayol bilan birga qandaydir iroda kuchi ifodalangan. Oqituvchi xuddi adib tasvirlagan holat musavvir qalamida oz ifodasini topganligini korsatadi.

Mavzu yuzasidan savollar Inshoning qanday turlarini bilasiz? Bayon va inshoning farqi jihatlarini ayting? Oquvchilar nutqini oshirishda qanday usullardan foydalanish mumkin ? Inshoni baholashda nimalarga e'tibor bеriladi ? Darsda tеxnik vositalardan foydalanib insho yozishga misollar kеltiring ? Adabiyot darslarida intеrnеt matеriallaridan qanday foydalanish mumkin (oz tajribangizdan)?

Mavzu yuzasidan savollar Alpomish dostonining vidеofilmini tomosha qilib Boybori va Boysari timsollariga tavsif bеring.

Savol va topshiriqlar: 1. Oquvchilarning ogzaki va yozma nutqini ostirish qaysi bosqichda boshlangani maqul deb oylaysiz? 2. Nutq ostirish boyicha uyushtiriladigan maxsus mashqlar necha marta otkaziladi? 3. Oquvchilarning nutqini ostirish qanday jarayon hisoblanadi? 4. Nutq ostirishda yozma ish turlarining orni va ahamiyati haqida gapiring.

E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT !